«Tromboz va qon ketiş órtasida»: 3 ekspert bahsi

12-noyabr kuni Toşkentda Werfen va Albatros Health Care hamkorligida «Tromboz va qon ketiş órtasida» mavzusida ekspertlar batli bólib ótdi.
Uç ekspert murakkab multidisiplinar klinik holatni har biri óz yónalişi nuqtai nazaridan tahlil qildi, zaldagi iştirokçilar esa eng işonarli yeçimlar uçun ovoz berdi. Raundlar davomida venoz tromboemboliya va qon ketiş xavfi, fon Villebrand kasalligi, gormonal terapiya va ayollar salomatligi masalalari muhokama qilindi. Finalda barça ekspertlar bir stol atrofida umumiy muhokamaga yiǵildi va zal ovozlari natijasi e’lon qilindi.
Ekspertlarga oçiq professional muloqot uçun, faol iştirok etgan barça şifokorlarga esa qiziqiş va faollik uçun minnatdorçilik bildiramiz!
