Albatros Health Care — «O'zbekistonda perinatal tibbiyot: bugun va ertaga» konferensiyasida

17-sentyabr kuni Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida "O'zbekistonda perinatal tibbiyot: bugun va ertaga" nomli II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Tadbirga mamlakatning turli hududlaridan akusherlik, ginekologiya, perinatal tibbiyot va neonatologiya sohasidagi mutaxassislar tajriba almashish va sohaning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun yig'ildi. Albatros Health Care kompaniyasi ham konferensiyada o'z stendi bilan ishtirok etdi. Shifokorlar, hamkorlar va hamkasblar kun davomida stendimizga tashrif buyurishdi, tanishishdi, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi va savollariga javob olishdi. Nukusda siz bilan uchrashganimizdan mamnun bo'ldik!
