Yangiliklar va tadbirlar
Iyul 2022Seminarlar
Xalqaro ishtirokli vebinar: Staphylococcus aureus keltirib chiqaradigan infeksiyalar va ularni ratsional davolashga yondashuvlar

Oʻtgan vebinarlarda biz klinik mikrobiologiya va antibakterial preparatlar terapiyasining asosiy masalalarini muhokama qildik. Shu haftadan boshlab biz bakterial infeksiyalarning asosiy qoʻzgʻatuvchilari va terapiyaga toʻgʻri yondashuvlar ustida batafsilroq toʻxtalamiz. Maʼruzachi: Zaxarevich Vasiliy Iosifovich (Minsk, Belarus). Oʻtkazilish sanasi va vaqti: 2022-yil 21-iyul (payshanba) 16:00-17:30 (Toshkent), Zoom platformasida.
