Yangiliklar va tadbirlar
Mart 2024Seminarlar

Onlayn seminar: Respirator infeksiyalarning umumiy tamoyillari: etiologiya va patogenez

Onlayn seminar: Respirator infeksiyalarning umumiy tamoyillari: etiologiya va patogenez

Hurmatli hamkasblar! Biz, Albatros Health Care, de factum klinikasi bilan birgalikda sizni ochiq onlayn seminarga taklif etamiz: Respirator infeksiyalarning umumiy tamoyillari: etiologiya va patogenez. Uni Belarusdan maʼruzachi Zaxarevich Vasiliy Iosifovich olib boradi. Unda quyidagilarni muhokama qilamiz: 1. Respirator infeksiyalarning umumiy tamoyillari: etiologiya va patogenez; 2. Infeksiyalarning anatomik joylashuvi boʻyicha tasnifi; 3. Respirator infeksiyalar diagnostikasi; 4. Mikrobiologik diagnostikaning roli: kimga, qachon va qanday? 5. Respirator infeksiyalarni davolash; 6. Kasalxona ichi respirator infeksiyalarining xususiyatlari. Sana: 15-mart (juma). Vaqt: 16:00 (Toshkent). Maʼruza de factum Central klinikasi konferens zalida, shuningdek Zoom platformasida onlayn translatsiya qilinadi. Hurmat bilan, Albatros Health Care jamoasi.

Laboratoriyangizni jihozlashga tayyormisiz?

Laboratoriyangiz yoki klinikangiz uchun uskunalarni tanlash va narxni hisoblash uchun biz bilan bogʻlaning