Yangiliklar va tadbirlar
Sentabr 2025Konferensiyalar

1-Markaziy Osiyo transplantatsiya va hujayra terapiyasi konferensiyasi

1-Markaziy Osiyo transplantatsiya va hujayra terapiyasi konferensiyasi

2025-yil 4-5-sentabr kunlari «1-Markaziy Osiyo transplantatsiya va hujayra terapiyasi konferensiyasi» boʻlib oʻtdi, uning tashkilotchilari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, OʻzR SSV Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Oʻzbekiston gematolog va transfuziologlar assotsiatsiyasi boʻldi. Tadbir «WYNDHAM Tashkent» mehmonxonasi hududida oʻtkazildi. Albatros Health Care kompaniyasi konferensiyada homiy sifatida ishtirok etdi. Mutaxassislarni birlashtiruvchi, bilim almashishga va tibbiyot sohasi rivojiga xizmat qiladigan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash biz uchun katta sharaf. Tashkilotchilarga ishonch va ushbu tadbirning bir qismi boʻlish imkoni uchun rahmat. Biz odamlar sogʻligʻi uchun tibbiyot va innovatsion yechimlar rivojiga hissa qoʻshayotganimizdan faxrlanamiz.

Laboratoriyangizni jihozlashga tayyormisiz?

Maslahat va narxni hisoblash uchun biz bilan bogʻlaning